FaceID orqali xodimlar davomati
Xodim terminal yonidan oʻtadi — dastur kelishini belgilaydi va ish jadvali bilan solishtiradi. Direktor kim kechikkani, kim kelmagani va qancha ishlanganini koʻradi.
1 200 000 soʻm / yildastlabki
Kunlik tablo
Kun boʻyicha barcha xodimlar: oʻz vaqtida, kechikdi, kelmadi, dam olish kuni, taʼtil yoki javob. Excelga yuklab olish bilan.
Jadval boʻyicha kechikishlar
Kechikish xodim jadvalidagi smena boshidan hisoblanadi. 0 dan 120 daqiqagacha kechikish chegarasini belgilash mumkin.
Erta ketish va qoʻshimcha ish
Xodim qancha erta ketgani va smenadan keyin qancha qolgani. Ishlangan vaqt — birinchi kelishdan oxirgi ketishgacha.
Davr hisoboti
Har bir xodim boʻyicha smenalar, kechikishlar, erta ketishlar, qoʻshimcha ish va kelmagan kunlar, 366 kungacha. Excelga yuklab olish.
Oʻtishlar jurnali
Har bir oʻtish vaqti, terminali va yoʻnalishi bilan. Terminal surati 10 kun, oʻtish yozuvi esa doim saqlanadi.
Yuzlar dasturdan yuklanadi
Direktor xodim suratini DentaProga yuklaydi, dastur esa uni klinikaning barcha terminallariga oʻzi yuboradi.
Faqat shifokorlar emas, barcha xodimlar
Administratorlar, registratorlar, buxgalter — ish jadvali belgilangan hamma hisobga olinadi.
Savollar
Hikvision yuzni tanish terminallari. Terminalni klinika alohida sotib oladi, u modul narxiga kirmaydi. Uni DentaPro jamoasi ulaydi.
Yoʻq. Shifokor maoshi — tashriflardan olinadigan foiz. Kechikishlar va ishlangan vaqt davomat hisobotida koʻrinadi, lekin maosh hisobiga kirmaydi.
Klinika misolida koʻring
Qoʻngʻiroq qilamiz va qanday ishlashini koʻrsatamiz.
